Главная » 2020 » Май » 9 » Koronavirus tarqalishiga ob-havoning ta’siri aniqlandi
22:28

Koronavirus tarqalishiga ob-havoning ta’siri aniqlandi


Kanadalik olimlar 144 mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi statistikasini ushbu mintaqalardagi ob-havo sharoiti bilan taqqosladilar va iqlim COVID-19 tarqalishiga ta’sir qilmaydi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot Kanada tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida chop etilgan.

Avvalroq olimlar yozda haroratning ko‘tarilishi infeksiyaning tarqalishini sezilarli darajada yo‘q qiladi, deb taxmin qilishgan va dastlabki hisob-kitoblar bu taxminni tasdiqlagandi.

Ammo kanadalik tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan yangi matematik tahlil shuni ko‘rsatdiki, mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi va epidemiya tezligi o‘rtasida mutlaqo bog‘liqlik yo‘q.

Virusning tarqalishini sezilarli darajada kamaytiradigan yagona omil karantin va maktablarning yopilishi edi. Shuning uchun olimlar o‘z-o‘zini izolyasiya qilish choralarini yumshatishda ehtiyotkorlikka chorlamoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tarqalishiga, ta’siri aniqlandi, ob-havoning, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя