Главная » 2020 » Апрель » 7 » Koronavirus tarqalishini eng samarali tiyib turgan davlat ma’lum bo‘ldi
10:30

Koronavirus tarqalishini eng samarali tiyib turgan davlat ma’lum bo‘ldi


Bugun butun dunyoda koronavirus pandemisi avj olayotgan bir vaziyatda virusning tarqalishiga eng muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatayotgan davlat nomi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Tayvan odamlarni kasallikdan eng samarali himoya qilyapti. Bu haqda SNN ilmiy tadqiqotlarga tayyanib xabar berdi.

Aholisini koronavirusdan himoya qilish bo‘yicha eng samarali kurash olib borayotgan yetakchi mamlakatlarni aniqlashda bir nechta omillarga e’tibor qaratilgan. Xususan, koronavirusning mamlakatga kirib kelgan vaqti, aholi soni va uning kasallanganlar soniga nisbati, ko‘rilgan choralar va ularning samaradorligi.
 

Qisman Xitoy hokimiyati tan olingan orol davlatning aholisi Avstraliyaniki bilan teng. Ammo Tayvan epidemiya markaziga yaqin bo‘lsada, boshidan vaziyatni yaxshi nazoratga oldi. Mutaxassislar, shu jumladan Jon Xopkins universiteti olimlari oroldagi epidemiologik vaziyatning achinarli holga kelib qolishini taxmin qilgandi.

Biroq epidemiya boshlanganidan 10 hafta o‘tib, Avstraliyada 5 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, Tayvanda 400 dan kamroq holat qayd etildi.

Buni 124 banddan iborat qattiq karantin choralarining natijasi deyish mumkin. Karantin choralariga Xitoyga bormaslik, orol portlarida kruiz laynerlarining yonma-yon kelishini taqiqlash va cheklovlarni buzganlarni qattiq jazolash kirgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя