Главная » 2020 » Июнь » 2 » Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli topildi
08:11

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli topildi


Sautgempton universiteti bosh mikrobiologi Uilyam Kivil koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda misning zararsizlantiruvchi xususiyatidan foydalanishni taklif qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, po‘lat va plastik yuzasida 72 soat yashay oladigan virus misning ustida 4 soatdayoq nobud bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu metall ionlarining virus lipid membranasiga hujum qilib, so‘ngra ichiga kirib, uning DNKsini to‘liq halok qilishi bilan bog‘liq.

«Jamoat joylaridagi zina hamda eshik dastalarida, shuningdek, poyezd va avtobuslarning tutqichlarida mis elementlari bo‘lishi lozim», — deydi Kivil «Times»ga bergan intervyusida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tarqalishini, Koronavirus, yangi usuli topildi, to‘xtatishning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя