Главная » 2020 » Декабрь » 28 » Koronavirus testini soxtalashtirayotgan guruh fosh etildi
20:20

Koronavirus testini soxtalashtirayotgan guruh fosh etildi


O‘zbekiston Respublikasi DXX hamda IIV xodimlari «COVID-19» kasalligini aniqlashda PZR-test ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, «Toshkent» xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga sotish bilan shug‘ullanuvchi guruhni fosh qildi.

Ya’ni «Toshkent — Moskva» yo‘nalishida uchayotgan Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning hujjatlari tekshirilganida ularning PZR-test ma’lumotnomalari soxta ekani aniqlandi.

Tezkor harakatlar davomida, mazkur shaxslar «COVID-19» kasalligini aniqlash bo‘yicha test topshirmasdan, ushbu soxta ma’lumotnomalarni Buxoro viloyatida tug‘ilgan «Q.E.» va Xorazm viloyatida tug‘ilgan «M.M.»lardan sotib olganliklari ma’lum bo‘lgan.

Ushbu «uddaburonlar»ga soxta ma’lumotnomalarni Toshkent shahrida yashovchi «M.N.» va «K.A.»lar tayyorlab, yetkazib turishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: soxtalashtirayotgan, guruh, Koronavirus, testini, fosh etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя