Главная » 2020 » Сентябрь » 8 » Koronavirus tufayli o‘limning yana bir sababi aniqlandi
19:13

Koronavirus tufayli o‘limning yana bir sababi aniqlandi


Yevropa Ittifoqi aholisi orasida o‘lim sabablaridan biri — atrof-muhit omillari, jumladan, havo ifloslanishi va anomal issiqlik. Bu haqda Yevrokomissiya saytida chop etilgan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

Har sakkizinchi yevropalik (mintaqadagi jami aholining 13 foizi) «atrof-muhit sifati yomonligi» bois vafot etyapti. Hisobotda ta’kidlanishicha, ushbu omil bilan o‘lim darajasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bor.

«Atrof-muhit sifatini yaxshilash orqali ushbu o‘limlarning oldini olish va statistikani sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin», — deyiladi hujjatda.

Xullas, havoning ifloslanishini salomatlikni yomonlashtiruvchi xavfli sabablardan biri deya atashdi: har yili u 400 ming kishining o‘limiga olib kelmoqda. Ifloslangan havoda xavfli moddalarning uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatishi diabet, saraton va o‘pka kasalliklarini chaqirishi mumkin. Shuningdek, ifloslanish tufayli COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi oshayotgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sababi, i o‘limning, Koronavirus, tufayl, aniqlandi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя