Главная » 2020 » Февраль » 28 » Koronavirus uy hayvonlarida ham aniqlandi
21:00

Koronavirus uy hayvonlarida ham aniqlandi


Gonkong mutaxassislari yangi koronavirus odamdan uy hayvoniga yuqishi mumkin bo‘lgan birinchi holatni o‘rganmoqda. Dastlabki sinovlarda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan odamga tegishli bo‘lgan itning tanasida infeksiya belgilari aniqlandi. Bu haqda TASS ma'lum qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, egasi kasalxonaga yotqizilganidan so‘ng, it hayvonlar uchun maxsus karantin markaziga joylashtirilgan. Tahlillar uning tanasida yangi turdagi koronavirus borligini ko‘rsatgan. Biroq itda kasallik alomatlari sezilmagan.

"Hozirda Departamentda hayvonlarning COVID-19 virusi yuqishi yoki uning odamlar uchun manbai bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida dalillar yo‘q", deyiladi agentlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, veterinariya shifokorlari itning holatini kuzatishni davom ettirmoqda va takroriy testlarni o‘tkazmoqda.

Hozirgi vaqtda Gonkongda yangi koronavirus yuqishining 93 holati tasdiqlandi.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя