Главная » 2020 » Май » 25 » «Koronavirus vaksina topilgungacha, o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi» – JSSTning sobiq direktori
11:54

«Koronavirus vaksina topilgungacha, o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi» – JSSTning sobiq direktori


Koronavirusga qarshi vaksina uning ustidan g‘alaba qozonishga “yagona umid” hisoblanadi. Biroq JSSTning sobiq direktori Kerol Sikora boshqacha fikrda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Mayk Rayan va boshqa olimlarning fikricha, vaksina yaratilishi xavf guruhidagi odamlar – keksalar va surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchilarga o‘zlarini boshqa odamlar yonida xavfsiz his qilish, yana ish, hordiq chiqarishga borish imkonini beradi. Vaksina paydo bo‘lgachgina, maktablar va chegaralarni ochish, sport va ommaviy tadbirlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Biroq ekspertlardan biri, britaniyalik onkolog va JSSTning sobiq direktori Kerol Sikoraning tvitterda yozishicha, vaksina paydo bo‘lishini kutishga hojat qolmasligi mumkin. “Virus undan vaksina yaratilgungacha, tabiiy yo‘l bilan yo‘q bo‘lib ketishiga real imkoniyat mavjud”, deb hisoblamoqda Sikora.

Uning fikricha, aholi ko‘ringandagidan mustahkamroq immunitetga ega va u koronavirus tarqalishini sekinlashtiradi. “Biz virus tarqalishini sekinlashtirishni davom ettirishimiz kerak, ammo u o‘zi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin”, deb yozgan Sikora.

Biroq JSSTning amaldagi bosh direktori Tedros Adanom Gerbreysus bunday optimistik prognozga qo‘shilmayapti. “Ilk serologik tadqiqotlar eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlarda ham antitanalarga ega aholi 20 foizdan, aksariyat hududlarda esa 10 foizdan ko‘pmasligini ko‘rsatgan. Boshqa so‘z bilan aytganda, dunyo aholisining aksariyat qismi kasalllikka chalinish xavfi ostida qolmoqda. Xavf hali ham yuqori va biz uzoq yo‘l bosishimizga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Gerbreysus. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus uni yengil shaklda o‘tkazganlar va shifoxonaga yotqizilishga ehtiyoj sezmaganlarda ham kuchli immun javob hosil qiladi. Bungacha koronavirusni og‘ir kechirganlardagina koronavirusga mustahkam  immunitet hosil bo‘ladi, deb hisoblanib kelinayotgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: topilgungacha, sobiq, JSSTning, Koronavirus, direktori, vaksina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя