Главная » 2020 » Февраль » 2 » Koronavirus yagona emas. Xitoyda yana bir virus aniqlandi
12:21

Koronavirus yagona emas. Xitoyda yana bir virus aniqlandi


Xitoyda paydo bo‘lgan yangi 2019-nCoV koronavirusi o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga qo‘shni Xunan viloyatida H5N1 parranda grippi tarqalayotgani aniqlandi. Bu haqda Xitoy rasmiylari xabar berdi.

Virus 7 mln odam yashovchi Shaoyan shahridagi parranda fermalaridan birida qayd etilgan. Ushbu fermada yetishtirilayotgan 7850 dlna broyler-jo‘jadan 4500 tasi virus bilan kasallangan.

Mahalliy hokimiyat virus tarqalishi oldini olish maqsadida 17 828 dona parrandani yo‘q qilgan.

Hozircha ushbu virus odamlarga yuqqani aniqlanmagan.

Ma’lumot uchun, H5N1 virusi ilk bor Gonkongda tarqalgan va undan 6 kishi halok bo‘lgan. Oradan 6 yil o‘tib, 2003 yilda virus yana tarqalgan. Ikkin safar Xitoy va Gonkongda aniqlangan. 2003-2014 yillar davomida 15 ta mamlakatda ushbu virusdan 392 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida Xubey provinsiyasining markazi Uxan shahrida yangi turdagi virus tarqaldi. Bugungacha ushbu virus Xitoydan tashqari 26 ta davlatga yetib bordi. Xitoyda virusdan halok bo‘lganlar soni 305 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 14559 nafarga yetdi.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя