Главная » 2020 » Апрель » 19 » Koronavirus yengildimi? Pokistonda masjidlarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi
21:26

Koronavirus yengildimi? Pokistonda masjidlarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi


18 aprel kuni Pokiston masjidlarida jamoat namozlariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashladi Ammo ibodatga kelganlar mamlakatda koronavirus keng tarqalishining oldini olish uchun bir qator xavfsizlik choralariga amal qilishlari zarur. Mazkur cheklovlar bir oy oldin karantin chorasi sifatida joriy qilingandi.

Pokiston prezidenti Arif Alvi va diniy rahbarlar uchrashib, qabul qilingan cheklovlarni bekor qilishga qaror qilishdi. Chunki, muqaddas Ramazon oyining boshlanishiga bir haftadan kam vaqt qolmoqda. Odatda, bu oyda masjidga keladigan musulmonlarning soni ancha ko‘payadi.

«Kerakli choralarni ko‘rish sharti bilan masjidlarning ochilishiga ruxsat beriladi», deyiladi yig‘ilishdan keyin berilgan bayonotda. Ushbu bayotnotga ko‘ra, masjidga tashrif buyuruvchilar niqob taqishlari shart. Shuningdek, ibodat qiluvchilar odatiy yelkama-elka turib emas, balki bir-birlaridan 2 metr masofa saqlashlari va ma’muriyat masjid hududini muntazam ravishda dezinfeksiyalashi haqida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston hukumati jamoat namoziga qo‘yilgan cheklovlar sabab bosim ostida qoldi va mamlakatning eng yirik shahri bo‘lgan Karachida masjidga kelganlar bilan polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan.

Shu haftaning boshida taniqli ulamolar namozlar musulmonlar uchun juda muhim ekanligi va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda ularning ochilishiga ruxsat berilishi kerakligini ta’kidlashgandi.

200 milliondan ortiq aholiga ega Pokistonda hozirgacha 7,638 kishi koronavirus bilan kasallangan va ularning 143 tasi vafot etgan. Sog‘liqni saqlash mutasaddilari odamlarning yig‘inlari katta xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirmoqda. Ular mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi virusning keng miqyosda tarqalishiga dosh berolmasligidan xavotirda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus, cheklovlar, qo‘yilgan, yengildimi? Pokistonda, bekor qilindi, masjidlarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя