Главная » 2020 » Март » 28 » Koronavirus yosh tanlamaydi – JSST
20:34

Koronavirus yosh tanlamaydi – JSST


Koronavirus har qanday yoshdagi odamlar uchun xavfli. U barchada birday kechadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

"Koronavirus yosh tanlamaydi. Kasallanish va o‘lim holati hammaga birdek taalluqli", deydi JSST vakili.

Shuningdek, Vuynovich Fransiyada 20 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar yosh koronavirus tufayli reanimatsiyada yotganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, u ko‘p narsa odamlarning xatti-harakatlariga bog‘liqligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 177 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 617 351 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 28 377 nafari vafot etgan, 137 336 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 451 638 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 427 623 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 24 015 nafarining ahvoli og‘ir.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя