Главная » 2020 » Март » 6 » Koronavirus yosh va jins tanlaydimi? COVID-19 haqida 15 ta yangi fakt
08:36

Koronavirus yosh va jins tanlaydimi? COVID-19 haqida 15 ta yangi fakt


Hozirgi kunda xalq orasida vahimalarga sabab bo‘layotgan koronavirus yosh va jins tanlaydimi? Bular haqida quyidagi faktlarimiz orqali bilib olasiz. 

1. COVID-19 uzoq masofadan tarqalmaydi, asosan, havo-tomchi yo‘li yoki bemor bilan yaqindan muloqotda bo‘lish orqali yuqadi. Shuning uchun ham kasallik birinchi o‘rinda bemorning oila a’zolariga yuqqan. 

2. 2055 nafardan ortiq shifoxona ishchilari o‘z uylarida yoki Uxanda ehtiyot choralari ko‘rilishidan avval ushbu virusni yuqtirib olishgan. 

3. Kasallik davomiyligi, asosan, 2 haftani tashkil etadi. Og‘ir holatlarda esa 3 dan 6 haftagacha cho‘zilishi mumkin.

4. Xubey provinsiyasi poytaxti bo‘lgan Uxan shahrida hozirda 65 mingdan ortiq inson kasallangan va boshqa provinsiyalardan u yerga 40 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari yuborilgan. 

5. Infeksiyalanganlarga 45 ta shifoxona xizmat ko‘rsatmoqda. Ulardan 6 tasi o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun, qolgan 39 tasi esa og‘ir ahvoldagi va 39 yoshdan katta bo‘lgan bemorlar uchun. Qisqa vaqt ichida 2600 ta hududda yangi shifoxonalar qurildi. Kasallikning yengil belgilari aniqlangan bemorlar uchun 10 ga yaqin vaqtinchalik shifoxonalar ochildi.   

6. Butun Xitoyda shifoxonaga isitma bilan borgan har qanday bemorni koronavirusga tekshirib ko‘rishmoqda. Uxandan uzoqda bo‘lgan Guandun provinsiyasida 320 000 fuqaro tekshirildi va ulardan 0,14 foizi koronavirus bilan zararlangani aniqlandi. 

7. Infeksiyani yuqtirganlar orasida simptomlar darhol paydo bo‘lishi holati juda kam. Yuqtirilgandan so‘ng virus o‘zini bir necha kundan keyin namoyon qiladi. 

8. Eng keng tarqalgan simptomlar: isitma (88%) va yo‘tal (68%), balg‘amli yo‘talish (33%), nafas qisilishi (18%), tomoq og‘rig‘i (14%), bosh og‘rig‘i (14%), mushaklar og‘rig‘i (14%), titroq (11%). Kam uchraydigan simptomlar: ko‘ngil aynishi (5%), burun bitishi (5%) va diareya (4%). Burun oqishi COVID-19 alomatlari hisoblanmaydi. 

9. Xitoydagi 44 672 nafar infeksiyalanganlar ustida olib borilgan izlanishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘lim o‘rtacha 3,4 foizni tashkil etadi. Bu natija yosh, jins, sog‘liq bo‘yicha boshqa muammolar va sog‘liqni saqlash tezligiga ham bog‘liqdir. 

10. Xitoy kasallikka qarshi davoning turli xil metodlarini tekshirib chiqmoqda va eng omadlilari mamlakat bo‘ylab tarqatilmoqda. Shu sababli ham o‘lim xavfi ma’lum darajada kamaydi. 

11. Qanchalik yosh bo‘lsangiz virus yuqishi ehtimoli shuncha kamayib boradi. Bugungi kunda kasallanganlarning 72,8 foizi 40 yoshdan katta bo‘lgan insonlardir. Bolalar va 19 yoshgacha bo‘lganlar 2,1 foizni tashkil etadi. 

12. Kasallangan ayollardan 2,8 foizi vafot etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich erkaklarda 4,7 foizni tashkil qiladi. Homiladorlikning oxirgi 3 oyida kasallangan ayollarning farzandlari sog‘lom tug‘iladi. Homiladorlikning boshlang‘ich oylarida virusning ta’siri haqida hali aniq ma’lumotlar yo‘q.

13. Yangi virus ko‘rshapalaklarda uchragan koronavirus bilan 96 foiz o‘xshash bo‘lganligi uchun hayvonlardan odamlarga yuqish ehtimoli juda katta.

14. Xitoyda yanvar oyidan buyon virus yuqtirganlar soni kamayib bormoqda. Hozirgi kunda kuniga 329 nafar odamda virus yuqtirib olish kuzatilayotgan bo‘lsa, bu sonlar bir oy oldin kuniga 3000 nafarga yetgan edi. 

15. Virus yuqtirib olganlardan oxirgi marta kimlar bilan aloqada bo‘lganlari haqida Xitoy bo‘ylab so‘rovnomalar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kasallangan odam bilan aloqada bo‘lganda sizga ham yuqish ehtimoli 1 dan 5 foizgacha bo‘lishi mumkin ekan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя