Главная » 2020 » Март » 8 » Koronavirus yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketadimi?
19:42

Koronavirus yozda butunlay yo‘q bo‘lib ketadimi?


«Interfaks» agentligi yozishicha, yoz kelgach, yangi turdagi koronavirus COVID-19 butun dunyoda tarqalishdan to‘xtatishi haqidagi xabarlarni tasdiqlab bo‘lmaydi. Bu haqda tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ijrochi direktori Maykl Rayan ma'lum qilgan.

«Hozircha virusning turli iqlim sharoitlaridagi faolligi va dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. Virusning tarqalish xususiyati saqlanib qolishi mumkinligini tan olishimiz lozim», – deya ta’kidlagan Rayan Jenevada o‘tgan matbuot anjumanida.

«Virusning yozda yo‘q bo‘lib ketishiga umid qilish yolg‘onga ishonishdan boshqa narsa emas. Hozir bu taxminlarga ishonishga hech qanday asos yo‘q», – deya qo‘shimcha qilgan u.

Koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. 6 mart holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oshgan, 3,4 ming nafardan ortiq odam pnevmoniyadan vafot etgan. Janubiy Koreya, Eron va Italiya koronavirus tarqalishi o‘ta yomon darajada kechayotgan uch mamlakat bo‘lib turibdi.


Manba: "aniq.uz"
| Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя