Главная » 2020 » Март » 15 » Koronavirus yuqtirib olgan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan
15:05

Koronavirus yuqtirib olgan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan


Xabaringiz bor, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Virus yuqtirgan o‘zbekistonlik ayol hozirda karantinga olingan.

Ayol 11 mart kuni Fransiyadan qaytgan. 14 mart kuni esa shifoxonaga murojaat qilgan. Koronavirus yuqtirgan ayol oliy toifali shifokor bo‘lib, o‘zida virus alomatlarini sezishi bilan Virusologiya institutiga murojaat qilgan.

Ayol bilanbir reysda 45 kishi ham qaytgan. Ularning yarmidan ko‘prog‘i chet el fuqarosi bo‘lgan. Uning 9 nafar qarindoshi va yana u bilan aloqada bo‘lgan 150 nafar odam izolyatsiyaga olingan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.

Ma’lumot uchun, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя