Главная » 2020 » Август » 6 » Koronavirusda immunitetni oshiruvchi dorilar bo‘yicha savolga javob berildi
13:45

Koronavirusda immunitetni oshiruvchi dorilar bo‘yicha savolga javob berildi


Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Nargiza Nurullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qator savollarga javob berildi.

Koronavirus infeksiyani oldini olish maqsadida immunitetni oshiruvchi dori vositalarni qabul qilsa bo‘ladimi? Va qaysi dorilarni ichish mumkin?

Koronavirusga qarshi immunitetni oshiruvchi dori vositalar yo‘q.

Lekin sog‘lom turmush qoidalariga rioya qilgan holda immunitetni mustahkamlash mumkin.

Xususiy klinikalarda test narxlari biror tashkilot tomonidan nazorat qilinadimi yoki ular o‘zlari xohlagan narxda test tekshiruvi o‘tkazishlari mumkinmi?

Xususiy klinikalar olib keladigan testlarni o‘zlari sotib oladi va shundan kelib chikib narxlarni o‘zlari belgilaydi.

Koronavirusga chalinganda ko‘prok suv ichish to‘g‘risida maslahat berishyapdi. Suv issiq holda ichilishi kerakmi yoki iliq bo‘lishi kerakmi?

Koronavirusga chalingan bemorlar 30-37 daraja atrofida suyuqliklarni ichishi mumkin.

Lekin bemorda isitma 38 daraja va undan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa issiq ichimlik va suyuqliklarni ichish mumkin emas.

Ovkatlar issiqligi ham 37-40 daraja bo‘lishi kerak.

Koronavirus bilan kasallanganda buyrak bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga chiqishi mumkinmi?

Koronavirus infeksiya fonida surunkali buyrak kasalliklari avj olishi mumkin.

COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishida buyrak shikastlanishi kuzatiladi. Bundan tashqari o‘ta yuqori xavf toifasidagi bemorlar - bemorlar – bu dialez muolaja oluvchilar.

Buyrak patologiyasi bilan bog‘liq muammollarni oldini olish maqsadida shifokor tomonidan shunga tegishli laborator ko‘rsatkichlar nazorat qilinadi: misol umumiy peshob tahlili, kreatinin miqdori, koptokchalar filtratsiyasi va hokazo.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: savolga javob berildi, Koronavirusda, dorilar, immunitetni oshiruvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя