Главная » 2020 » Апрель » 18 » Koronavirusda o‘lim xavfini oshiradigan uchta omil ma’lum qilindi
17:12

Koronavirusda o‘lim xavfini oshiradigan uchta omil ma’lum qilindi


Angliya bosh shifokori Kris Uitti koronavirus kasalligida uni yuqishi va o‘lim xavfini oshiradigan omillarni sanab o‘tdi. Uning videosi "YouTube" da e'lon qilindi.

Uittining fikricha, birinchi omil bemorlarning yoshi. Asosan, ushbu kasallikka chalingan qariyalarda o‘lim xavfi boshqa yoshdagilardan ko‘ra yuqori bo‘ladi. Shuning uchun pandemiya paytida keksa odamlarni himoya qilish juda muhim.

Bundan tashqari, angliyalik shifokor, yurak-qon tomir kasalliklari kabi xastaliklarga chalingan odamlarda o‘lim xavfi yuqori bo‘lishi aniqligini ma’lum qildi.

“Koronavirusdan o‘lim topgan odamlarning 90 foizida kamida yana bitta kasallik bo‘lgan“, deydi shifokor.

Uchinchidan, u ayollarga qaraganda erkaklarda COVID-19 yuqish holati “umuman tushunilmagan sabablarga ko‘ra“ yuqoriligini ta’kidladi. Shunday qilib, jins ham koronavirus epidemiyasi davrida xavfli omilga aylandi.

Shifokor, hozirda iloji boricha uydan ko‘chaga chiqmaslik, umuman begonalar bilan muloqot qilmaslik va gigiyena qoidalariga amal qilishni aytib o‘tgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan bog‘liq 2 243 710 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 569 559 nafari sog‘aygan, 154 215 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 519 936 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uchta omil, ma’lum qilindi, o‘lim xavfini, Koronavirusda, oshiradigan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя