Главная » 2021 » Октябрь » 29 » Koronavirusdan 100 foiz himoyalovchi usul ma’lum qilindi
09:59

Koronavirusdan 100 foiz himoyalovchi usul ma’lum qilindi


Agar “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanib, keyin burunga tomiziladigan vaksina bilan revaksinatsiya qilinsa, bu nafaqat koronavirusni og‘ir kechishidan, balki virusdan ham to‘liq himoyani ta’minlaydi. Bu haqda Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

“O‘ylashimcha, buni klinik sinovlar davomida o‘rganish kerak bo‘lsa-da, bunday immunitet steril bo‘ladi, ya’ni emlangan odamda kuchli immmunitet paydo bo‘ladi”, deydi Ginsburg.

Ilmiy-tadqiqot instituti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, preparat qo‘llanilganda inson organizmida virus paydo bo‘lishiga qarshi “to‘siq” shakllanadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil avgust oyida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” yoki  “GamKovidVak” dunyodagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan birinchi vaksina bo‘lgandi.

Vaksina 1 bosqichdan iborat bo‘lib, bugungi kunda u koronavirusga qarshi 93% samaradorlik ko‘rsatmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusdan, himoyalovchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя