Главная » 2020 » Сентябрь » 3 » Koronavirusdan foyda ko‘rgan mamlakatda muammolar boshlandi
09:06

Koronavirusdan foyda ko‘rgan mamlakatda muammolar boshlandi


Koronavirusdan foyda ko‘rgan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilgan Avstraliya iqisodiyotida muammolar boshlandi. Bu haqda moliya vaziri Josh Fridenbergning so‘zlariga tayanib CNBC xabar bergan.

«So‘nggi 28 yil davomida muttasil iqtisodiy o‘sishimizning rekord davri nihoyasiga yetdi», — dedi amaldor mamlakatning rasman tanazzulga yuz tutganiga ishora qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inqirozning asosiy sababi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash uchun joriy etilgan cheklovlar bilan bog‘liq. Fridenberg hozirgi qiyinchiliklarni Avstraliya va uning aholisi uchun mislsiz ekanligini aytib, shunga qaramay, inqirozdan chiqishga umid borligini ta’kidladi.

Avstraliyaning yalpi ichki mahsuloti ikkinchi chorakda 5,9 foizga pasaydi, HSBC banki esa 7,5 foizni prognoz qilgandi.

Dastlab Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya bilan bir qatorda Avstraliya ham hukumatning vaqtida va samarali ko‘rgan chorasi tufayli koronavirus pandemiyasidan foyda olgan mamlakat sifatida e’tirof etilgandi. Bu xalqaro investorlarni jalb qilib, ularning davlat qarzlarini sotib olishga rag‘batlantirdi. Pirovard natijada milliy valyuta — Avstraliya dollari mustahkamlandi. Lekin bu ziddiyatli holat, negaki kuchli valyuta eksport qiluvchilarga qarshi o‘ynaydi, ularning mahsulotlari raqobatbardoshligini kamaytiradi. Biroq ushbu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlovchi iqtisodchilarning ta’kidlashicha, mamlakatlar shu tariqa qo‘shimcha xalqaro investitsiyalarni ham jalb qila olishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: foyda ko‘rgan, muammolar, boshlandi, koronavirusdan, mamlakatda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz