Главная » 2020 » Февраль » 10 » Koronavirusdan himoya: qaysi niqob turi yaxshi?
19:40

Koronavirusdan himoya: qaysi niqob turi yaxshi?


Xitoyda koronavirus balosi tarqalganidan beri har kim virusdan himoyalanish yo‘llarini qidirmoqda. Kimlardir oddiy tibbiy niqobini kiysa, yana kimlardir respirator niqoblarini taqib yuribdi. Xo‘sh, ularning qay biriga ishonish kerak?

Tibbiy niqoblar yordam beradimi?
Yuz terisi va yuqori nafas a’zolarini himoyalashning eng oson usuli tibbiy niqob taqish hisoblanadi. Bunday niqob turi yupqaroq tuzilishga ega bo‘lib, kichik hajmli bakteriyalarni ham tutib qolish xususiyatiga ega. Ularni ishlab chiqarishda maxsus polimer tolalardan foydalaniladi. Bunday niqoblar 2-4 qavatdan iborat. Shuningdek, uning quloqqa taqiladigan cho‘ziluvchan ipi, burunga mahkamlanadigan “fiksatori” bo‘ladi.

Uzoq yillar niqobning bu turi jarrohlikda, jarrohlar tomonidan taqib kelingan. Bu holatda bemorga havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan infeksion kasalliklarning yuqish xavfi kamaygan, tibbiyot xodimlarining yuzini esa operatsiya vaqtida biologik suyuqliklarning sachrashidan himoyalagan. Tibbiy niqoblar samarali himoyani faqatgina ikki soat davomida ta’minlab beradi. Ammo ular ham mustahkam darajadagi ishonchli himoyani va’da qila olmaydi. Negaki, virus organizmga faqat burun-og‘iz orqaligina emas, ko‘z shilliq pardasi, teridagi jarohatlar, kir qo‘llar orqali ham tushadi. Oddiy tibbiy niqoblarni taqishda, albatta, himoya ko‘zoynaklarini taqish kerakligini unutmaslik lozim. Qo‘llar bilan yuz a’zolariga teginish umuman mumkin emas.

Eng ishonchlisi respirator niqoblar
FFP1 (Filtering Face Piece) turidagi respirator niqoblar odatda qishloq, oziq-ovqat, qurilish sanoatida, zaharli bo‘lmagan changlardan himoya qilish maqsadida taqiladi. Bu turdagi niqoblar sizni virusdan himoya qila olmaydi.

Картинки по запросу "FFP1"

FFP2 turidagi respiratorlar esa zaharli moddalarni 94 foizgacha tutib qolish xususiyatiga ega. Ular zaharli moddalardan yaxshi himoyalaydi. Havoda xavfli kanserogen changlar, tutun va aerozollar mavjud yerlarda ham ishonchli. Ularni gripp kabi virusli infeksiyalardan saqlanish uchun ham taqish mumkin.  

Картинки по запросу "FFP2"

FFP3 turidagi respirator niqoblar ichida eng ishonchli va samaralisi hisoblanadi. Ular havodagi zaharli moddalarni 99 foizga tutib qola oladi. 
Bunday niqoblar o‘ta xavfli virus va radiatsiyalar tarqalgan yerlarda taqishga mo‘ljallangan.

Картинки по запросу "FFP3"


 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqoridagi niqoblarning eng kuchlisi ham umumiy gigiyenik talablarga rioya qilinmasa, kutilgan foydani bermaydi. Sanepidemiolog mutaxassislarning aytishicha, jamoat joylariga kirganda va undan chiqqanda, albatta, qo‘lni sovunlab yuvish shart.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя