Главная » 2020 » Июль » 16 » Koronavirusdan himoyalanishda tibbiy niqobga spirt tomizish qanchalik to‘g‘ri?
16:02

Koronavirusdan himoyalanishda tibbiy niqobga spirt tomizish qanchalik to‘g‘ri?


AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

-Pandemiya davrida dorixonalarda dori vositalari narxi ko‘tarilayotganini tartibga solish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

-Respublika maxsus komissiyasi ushbu masala yuzasidan muntazam ish olib bormoqda. Komissiya bu borada prokuratura, Soliq inspeksiyasi, Farmatsevtika agentligiga dori-darmon vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli topshiriqlarni bergan.

-Koronavirusdan o‘lganlarning ko‘pchiligi ortiqcha vazndan aziyat chekishgan deb eshitdim, bu qanchalik haqiqatga yaqin?

-To‘g‘ri, koronavirusdan vafot etganlarning aksariyatida ortiqcha vazn, surunkali kasalliklari borligi rost ma’lumot.

Ortiqcha vazn nafaqat koronavirus kasalligida, balki, boshqa ko‘plab yuqumli kasalliklarga chalinganda ham qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

-Uy sharoitida dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yuring koronavirus yuqmasligini ta’minlaydi, degan videolar tarqalib ketdi. Bu usul qay darajada samarali, agar bunaqa kilib yurilsa spirt paridan zaharlanib kolmaydimi odam?

-Aksariyat antiseptik vositalar tarkibidan spirt borligi haqida biz bilamiz va eshitganmiz.

 Spirt pari bilan nafas olish, yuqori nafas yo‘llaridagi virusni o‘ldirishi bo‘yicha alohida izlanishlar olib borilib, ijobiy tasdiqlangan ma’lumotlar olinganligi haqidagi axborotlarga ko‘zimiz tushmadi.

Ammo bilib-bilmay, me’yordan ortiq ishlatish albatta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hech kim esdan chiqarmasligi kerak.

-Koronavirus bilan o‘pka pnevmoniyasi kasalliklari bir biriga bog‘liq kasalliklarmi?

-Pnevmoniya kasalligi bu o‘pkaning yallig‘lanishi bo‘lib, uning yuzaga kelishida sabablar juda ko‘p. Ba’zi holatlarda pnevmoniyalar bakterial, virusli, zamburug‘li etiologiyali bo‘lishi mumkin.

Koronavirus kasalligining eng jiddiy asoratlaridan biri - bu pnevmoniya hisoblanadi. O‘zbekistonda qayd etilayotgan koronavirusdan o‘lim holatlarining aksariyati aynan ushbu asorat bilan bog‘liq.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: himoyalanishda, tibbiy niqobga, tomizish, spirt, koronavirusdan, qanchalik to‘g‘ri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя