Главная » 2020 » Сентябрь » 4 » Koronavirusdan ishonchli himoya kashf etildi
23:00

Koronavirusdan ishonchli himoya kashf etildi


«Beth Israel Deaconess» tibbiyot markazi olimlari Ad26 adenovirusi asosida yaratilgan SARS-CoV-2ga qarshi vaksina klinik tekshiruvlargacha barqaror immun javobni chaqirishi va COVID-19ning pnevmoniya va nafas yetishmovchiligi kabi og‘ir belgilaridan ishonch himoya qilishini isbotlashdi. Bu haqda «Phys.org» press-relizida ma'lum qilingan.

Natijalari nufuzli «Nature» ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot chog‘ida mutaxassislar 52 ta rezus maymunini egasining hujayralariga koronavirusni yuqtirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan S-oqsilini («tikanli» oqsil) ekspressiya qiladigan o‘zgartirilgan adenovirus (Ad26)ning bir martalik dozasi yordamida immunizatsiya qildilar. Shundan so‘ng jonivorlarga burun va traxeya orqali SARS-CoV-2 yuqtirildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Ad26 antitanachalarning barqaror neytrallashtiruvchi reaksiyasini keltirib chiqargan va SARS-CoV-2ni yuqtirgandan so‘ng nafas olish a’zolarini to‘liq yoki deyarli to‘liq himoya qilgan.

Hozirgi vaqtda vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ishonchli himoya, koronavirusdan, kashf etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя