Главная » 2020 » Апрель » 6 » Koronavirusdan kasallanish qachon kamayishi aytildi
21:34

Koronavirusdan kasallanish qachon kamayishi aytildi


May oyining boshida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni maksimal darajaga yetadi. May oyining oxirida ba’zi cheklovlar olib tashlanishi mumkin. Bu haqda turk pulmonologi, Istanbul universiteti tibbiyot fakulteti professori Zeki Kilichaslan ma’lum qildi.

"Turkiyada ham, dunyo miqyosida ham pandemiya may oyining boshida cho‘qqiga chiqadi, shundan so‘ng statistikalarda kasallik tarqalish chizig‘i pasayadi. May oyining ikkinchi yarimidan boshlab ba’zi cheklovlar asta-sekin olib tashlanishi mumkin. Ammo ba’zi choralar uzoq vaqt davomida qo‘llanilaveradi", deydi Kilichaslan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyoda iqtisodiy va ijtimoiy inqirozni keltirib chiqaradi. Ko‘plab davlatlar hozirda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning yordamiga muhtoj va uning nazorati ostida inqirozga qarshi dasturlarni amalga oshiradi.
 

"Biz jiddiy epidemiyani boshdan kechirmoqdamiz. Italiya va AQSH kabi ushbu tahdidni yetarli darajada idrok etmagan davlatlar ko‘proq azob chekmoqda. Turkiyada bu epidemiya keyinchalik boshlandi, biz hali ham o‘sish bosqichidamiz, o‘z vaqtida ba’zi cheklov choralarini ko‘rdik. Asosiy kamchiliklar Eron chegarasi juda kech yopilgani va xalqaro reyslar bekor qilinganligi bilan bir qatorda, dastlabki bosqichda yetarli miqdordagi sinovlar o‘tkazilmadi", deydi turk olimi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar 27 069 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 574 nafari vafot etgan, 1 042 nafari esa sog‘aygan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя