Главная » 2020 » Апрель » 4 » Koronavirusdan kasallanishni sekinlashtiruvchi dori yaratildi
20:26

Koronavirusdan kasallanishni sekinlashtiruvchi dori yaratildi


Polsha olimlari koronavirus infeksiyasini sekinlashtiradigan dori ishlab chiqilganini e’lon qildi. Yagelloniya  universiteti olimlarining ta’kidlashicha, bu vaksina tayyorlash yo‘lidagi ilk qadam hisoblanadi.

"Preparat hayvonlarda sinovdan o‘tkazildi. Dori qo‘llangan jonivorlarning o‘pkasida hech qanday toksik jarayonlar va salbiy holatlar kuzatilmadi", deydi ushbu dori ustida ishlagan olimlardan biri Kshishtof Pirch.

Preparat HTCC deb ataldi. Hali ushbu dorini odamlarda sinab ko‘rishga ruxsat berilmagan.

Ma’lumot uchun, HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan. Tadqiqotchilar ushbu dori virusning "tojini" tashkil etuvchi boshoqsimon oqsilga bog‘lanib, uning odam hujayrasi retseptorlari bilan o‘zaro ta’sirini blokirovka qiladi. Natijada, virus hujayraga kirib borishi qiyinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 kasalligini qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 virusi va uning odam hujayrasiga qanday kirib borishi haqida ma'lumot bergan edik.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя