Главная » 2020 » Октябрь » 26 » Koronavirusdan so‘ng hid bilishni tiklash uchun nima qilish kerak — Abdullo Xodjayevdan maslahat
09:13

Koronavirusdan so‘ng hid bilishni tiklash uchun nima qilish kerak — Abdullo Xodjayevdan maslahat


«MedSwiss» markazi vrach-otolaringologi Abdullo Xodjayev koronavirus infeksiyasini yuqtirgandan so‘ng yo‘qolgan hid bilishni qanday tiklash kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berdi. Bu haqda RBK yozmoqda.

Mutaxassis aytishicha, avvalo burun sohasida joylashgan nerv tolalariga havo kirishini ta’minlash kerak.

«Vazokonstriktor dorilar, tomchilardan foydalanish, burun bo‘shlig‘ini muntazam yuvish tavsiya etiladi, dengiz tuzidan namakobni o‘zingiz ham tayyorlashingiz mumkin. Xonadagi namlikning me’yorda bo‘lishiga ham e’tibor bering», — dedi mutaxassis.

Xodjayev nerv hujayralari tiklanishi uchun V guruhi vitaminlari va polivitaminlarni qabul qilish zarurligini ham ta’kidladi. Qolaversa, to‘g‘ri ovqatlanish, ko‘p suv ichish kerak va aksincha, nikotin va alkogoldan voz kechgan ma’qul.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tiklash, maslahat, koronavirusdan, Abdullo Xodjayevdan, hid bilishni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя