Главная » 2020 » Август » 13 » Koronavirusdan tuzalgandan keyin hid bilish qayta tiklanmasligi mumkinmi?
13:59

Koronavirusdan tuzalgandan keyin hid bilish qayta tiklanmasligi mumkinmi?


COVID-19 kasalligining eng asosiy belgisi isitma chiqishi ekani ma’lum. Bu kasallikning yana bir alomati bu – hid va ta’m bilmaslik. Ba’zi bemorlar koronavirusga chalinib, davolangach, hid bilishidagi muammolar ketmayotganidan xavotirda.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelgan savollardan biri shu masalada bo‘ldi: Koronavirusdan tuzalgandan keyin hid bilish qayta tiklanmasligi mumkinmi?

Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Shuxrat Boymurodov javob berdi.

“Bu mutaxassislarning ham diqqat e’tiboridagi savol. Sababi bugungi kunda koronavirus infeksiyasidan tuzalib, hid bilishi to‘liq tiklanmayotgan insonlar mavjud. Olti oylik tajribada hid bilishini to‘liq yo‘qotgan insonlar yo‘q. lekin ba’zi holatlarda 2-4 oyda tiklanyapti. Shundan aytish mumkinki, hid bilish to‘liq tiklanadi”, dedi Shuxrat Boymurodov.

Ma’lumot uchun, 13 avgust soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 32 837 nafarga yetdi. Bemorlarning 25 659 nafari (75 foizi) sog‘aygan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: hid bilish, mumkinmi, koronavirusdan, tuzalgandan keyin, qayta tiklanmasligi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя