Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » Koronavirusdan tuzalib chiqqanlar tishlari tushayotganidan shikoyat qildi
10:57

Koronavirusdan tuzalib chiqqanlar tishlari tushayotganidan shikoyat qildi


Koronavirusdan tuzalib chiqqanlar tishlari tushayotganidan shikoyat qildi. “RBK” Amerikaning Huffington Post nashriga tayanib yozishicha, shifokorlar ushbu simptom COVID-19 bilan bog‘liqligini rasman tasdiqlamagan.

Jabrlanganlar tish va milk bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgan. Tish tushishidan tashqari, ayrim bemorlar COVID-19’dan so‘ng milk og‘rig‘i paydo bo‘lganini bildirgan. Bunday alomatlar haqida xabar bergan bemorlarning aksariyatida ilgari tish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan.

Qon tomirlari biologi va Angiogenez fondi tibbiy direktori Uilyam Li koronavirus qon aylanish tizimining ishiga to‘sqinlik qilishini tushuntirdi. “Jag‘ingiz qon tomirlariga juda boy”, — degan mutaxassis va u tishlarning ichki qismini to‘ldirib turishini ta’kidlagan. Mutaxassisning fikricha, qon oqimi tishlar tushishi bilan bog‘liq muammolarga olib keladi.

Uning ta’kidlashicha, tishlari qonsiz tushganini ayrim bemorlarning so‘zlari tasdiqlamoqda. Bu esa unga qon kirish yo‘li to‘sib qo‘yilganidan dalolat beradi. Biologning ogohlantirishicha, qon tomirlarining shikastlanishi COVID-19’dan tiklangandan keyin ham saqlanib qoladi, shu sababli tishlar koronavirus asoratlari yo‘qolgandan keyin ham tushishni boshlashi mumkin.

Nyu-Yorkdagi Jahon sog‘liqni saqlash direktori Erik Chio-Penaning ta’kidlashicha, yangi simptom aniqlangani haqida gapirishga hali erta, chunki hozircha bunga yetarlicha ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Buyuk Britaniya va AQSh shifokorlari koronavirusga chalinishning dastlabki bosqichida paydo bo‘ladigan to‘rtta keng tarqalgan simptomlarni ma’lum qilgandi. Virusolog, tibbiyot fanlari doktori va Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Anatoliy Altshteyn koronavirusning asosiy simptomlari isitma, yo‘tal, tomoq og‘rig‘i, hid va ta’m bilishni yo‘qotish ekanligini ma’lum qilgan. Shuningdek, boshqa simptomlar ham kuzatilishi mumkinligini, lekin asosiy 5 ta simptomlar bo‘lmasa, qolganlariga e’tibor bermasa ham bo‘lishini aytgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tushayotganidan, tuzalib, koronavirusdan, shikoyat qildi, tishlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя