Главная » 2021 » Январь » 5 » Koronavirusdan vafot etgan ayol qayta «tirildi»
23:32

Koronavirusdan vafot etgan ayol qayta «tirildi»


1958-yilda Virjiniya go‘zali degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan ayol qarindoshlari uning o‘limi haqidagi xabarni olganlaridan so‘ng mo‘’jiza yuz berib qayta «tirildi», deb yozadi «New York Post» gazetasi mahalliy OAVga tayanib.

Nashrning ma’lum qilishicha, 82 yoshli Barbara Gatri Leyga koronavirus tashxisi qo‘yilgan. U 20-dekabr kuni nafas muammolari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ikki kundan so‘ng qarindoshlar uning o‘limidan xabar topishgan. Mudhish xabarni birinchilardan bo‘lib uning shifokor o‘g‘li Tom Kelli eshitgan.

Kelli qayg‘uli xabarni Barbaraning turmush o‘rtog‘i Toni Leyga yetkazgan. U esa yig‘lay-yig‘lay boshqa qarindoshlari bilan bog‘langan. Biroq oradan bir necha daqiqadan so‘ng shifoxonadan Kelliga qo‘ng‘iroq qilishib, Barbaraning yuragi yana ura boshlaganini ma’lum qilishgan.

«Qalbi tilka-pora odamdan baxtiyor insonga aylandim», — deya so‘zlab berdi Barbaraning turmush o‘rtog‘i.

«Tirilgan» ayolning o‘g‘li yuz bergan voqeaga birgina so‘z — mo‘’jiza deya ta’rif berdi. Hozirda bemor intensiv terapiya bo‘limidan oddiy patalaga o‘tkazilgan. Lekin uning o‘zi hali nima bo‘lganini bilmaydi, deb yozadi gazeta.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ayol, koronavirusdan, tirildi, vafot etgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя