Главная » 2020 » Ноябрь » 4 » Koronavirusdan vafot etgan siyosatchi AQShdagi saylovlarda g‘olib chiqdi
22:31

Koronavirusdan vafot etgan siyosatchi AQShdagi saylovlarda g‘olib chiqdi


AQShda Respublikachilar partiyasi vakili Devid Andal koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumgandi. Shunga qaramay, u Shimoliy Dakota shtati qonun chiqaruvchi kengashga bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Bu haqda 4-noyabr kuni «The Independent» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 55 yoshli siyosatchi oktyabrning boshida yangi infeksiya bilan shifoxonaga joylangan. Shifoxonada 4 kun yotgach, 5-oktyabr kuni olamdan o‘tgan.

Biroq muddatidan oldin ovoz berish respublikachining o‘limidan bir necha hafta oldin boshlangandi. Pirovard natijada u yana bir partiyadoshi Deyv Nering bilan birga g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi va sakkizinchi okrugdan mahalliy qonunchilik kengashiga saylanishdi. «The Independent»ning qayd etishicha, siyosatchi jami 38 foiz ovoz to‘plagan.

Endi Respublikachilar partiyasi Andalning o‘rnini bosa oladigan siyosatchini topishiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun shtatda navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishi istisno qilinmayapti.

3-noyabr kuni AQShda umumiy saylov o‘tkazildi. Fuqarolar prezident va vitse-prezident, 35 ta senator, butun palata vakillari, 13 ta gubernator va mahalliy hukumat organlari vakillarini saylashdi. Yuqori lavozim uchun amaldagi davlat rahbari, respublikachi Donald Tramp hamda Barak Obama davrida vitse-prezident lavozimini egallagan demokrat Jo Bayden kurash olib bormoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etgan, AQSHdagi, koronavirusdan, saylovlarda, g‘olib chiqdi, siyosatchi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя