Главная » 2020 » Июнь » 2 » Koronavirusdan xalos bo‘lgan mamlakat O‘zbekistonga chegarasini ochdi
23:33

Koronavirusdan xalos bo‘lgan mamlakat O‘zbekistonga chegarasini ochdi


Chernogoriya davlati O‘zbekiston va yana bir qator mamlakat fuqarolari uchun o‘z chegaralarini ochdi. Tashrif buyuruvchilar endi hech qanday karantinsiz mamlakatga kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus tarqalishining sezilarli darajada pasaygan, yangi holatlar aniqlanishi kamaygan, shuningdek, faol bemorlarning soni 100 ming kishiga 25 tadan ko‘p bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan fuqarolar Chernogoriyaga kirishi mumkin bo‘ladi. Ushbu mamlakatlar ro‘yxati vazirlik saytida keltirib o‘tildi.

Ro‘yxatda 130 dan ortiq mamlakat joy olgan. Tashrif buyuruvchilar mamlakatda erkin harakatlanishi mumkin. Lekin, hali ham ba’zi umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Masalan, niqob taqib yurish.

Eslatib o'tamiz, may oyining oxirida Chernogoriya Yevropada birinchi bo‘lib koronavirus ustidan to‘liq g‘alaba qozongani haqida e’lon qildi. Mamlakatda 20 kun davomida kasallikning yangi holati qayd etilmagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mamlakat, chegarasini ochdi, koronavirusdan, O‘zbekistonga, xalos bo‘lgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя