Главная » 2020 » Апрель » 23 » Koronavirusdan xoli mamlakatlar ro‘yxati tuzildi
09:57

Koronavirusdan xoli mamlakatlar ro‘yxati tuzildi


Daily Mail nashri koronavirusdan xoli mamlakatlar va aholi doimiy yashaydigan hududlar ro'yxatini tuzdi.

Gazetaning ma’lumot berishicha, shu kunga qadar 15ta mamlakat va 11ta aholi doimiy yashaydigan hududda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holat qayd etilmagan. Bu ro‘yxatdan Komor orollari, Kiribati, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya Federativ Shtatlari, Nauru, Palau, Sulaymon orollari, Tojikiston, Tonga, Turkmaniston, Tuvalu, Vanuatu va Shimoliy Koreya joy oldi.

Pitkern, Avliyo Yelena, Ko‘tarilish va Tristan-da-Kunya orollari (Buyuk Britaniya) , Amerika Samoasi (AQSh), Uollis va Futuna orollari (Fransiya), Shpisbergen (Norvegiya), Rojdestvo va Norfolk, Kokos orollari (Avstraliya), Niue, Tokelau, Kuk orollari (Yangi Zelandiya) koronavirus yetib bormagan aholi doimiy yashaydigan hududlar deb topildi.

Shu bilan birga, ayrim davlatlar kasallikka chalinish bilan bog‘liq holatlar haqida shunchaki xabar qilmayapti deb hisoblanmoqda. Masalan, Janubiy Koreyada 10 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingani holda, Shimoliy Koreya mamlakatda hech kim koronavirus yuqtirmaganligini ta’kidlab kelmoqda. Tojikiston esa kasallik tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy bilan chegaradosh.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha bu kasallikka chalinganlar soni 2,6 milliondan oshgan, 182 mingdan ortiq kishi vafot etgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xoli, koronavirusdan, Mamlakatlar, ro‘yxati tuzildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя