Главная » 2020 » Март » 15 » Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan — Vazir
23:53

Koronavirusga chalingan ayolning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilmagan — Vazir


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan bemorning holati haqida xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart sanasida Fransiyadan qaytgan ayolda koronavirus alomatlari aniqlangani xabar qilingan edi.

«Ushbu kasallik aniqlangan fuqaro — Toshkent shahridan. U Fransiyaga borgan va qaytib kelgach, kasallik aniqlangan.

U ikki marotaba tekshiruvdan o‘tkazildi va laborator usulda tasdiqlandi. Shundan so‘ng uning 10 nafar oila a’zolari virusologiya institutining maxsus izolyatorlariga yotqizildi.

Bundan tashqari, fuqaro bilan samolyotda birga uchgan, undan keyingi — ish joyida muloqotda bo‘lganlarning barchasini karantinga olish ishlari davom etyapti. Ya’ni, biz kasallik yuqishi mumkin bo‘lganlarni izolyasiya qilish choralarini ko‘ryapmiz.

Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli. Bezovtalik yo‘q, tana harorati ko‘tarilgani yo‘q. Faqatgina tomog‘ida ozgina qichishish belgilari bor», — dedi Shodmonov.


Manba: "xabar.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя