Главная » 2020 » Апрель » 12 » Koronavirusga chalingan va karantinga olinganlarni kamsitganlik uchun jazo bor
18:20

Koronavirusga chalingan va karantinga olinganlarni kamsitganlik uchun jazo bor


Pandemiyaga aylangan koronavirus infeksiyasidan dunyo miqiyosida millionlab odamlar zarar ko‘rmoqda. Bugun butun insoniyat shu kasallikdan tezroq qutulish harakatida. Axborot makonida ham infeksiya yuqtirgani aniqlangan, undan davo topayotgan yoki vafot etganlar haqidagi ma’lumotlar birinchi raqamli xabar bo‘lmoqda.

Hech bir inson bu raqamlar ichida o‘zini bo‘lishini xohlamaydi. Lekin, kimdir o‘zi istamagan holda virusni yuqtirib olishi mumkin va bunday insonlarga jamiyatning, atrofdagi tanish-bilishlarining munosabati qanday bo‘lishi kerak?

O‘zbekistonja virus aniqlanganlarni davolash va ular bilan muloqotda bo‘lganlikda gumon qilingan shaxslarni karantinda saqlash bilan bir qatorda, virus tarqalishining oldini olish uchun karantin cheklovlari, ko‘chalar, jamoat joylari va boshqa fuqarolar bo‘lishi mumkin joylarda dezinfiksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun pandemiyadan aholini zararsiz olib chiqish bo‘yicha barcha imkoniyat va choralar qo‘llanmoqda. Millionlab odamlar karantin va “o‘zini yakkalash” hayot tarzida yashamoqda.

Ko‘rilayotgan choralar va tibbiyot xodimlarining kunu tun mehnatlari natijasida sog‘ayganlar va karantin muddati tugab uylariga qaytayotganlar soni kun sayin oshmoqda.

Ming afsuski, ayrim shaxslar karantindan qaytgan yoki kasallikdan tuzalgan fuqarolarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularga nisbatan hurmatsizlik qilish, kamsitish, sha’ni va obro‘siga putur yetkazish yoki ularni kasallikni boshqalarga ham yuqtirishida ayblash holatlari ham uchramoqda.

Bu yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatodir.

Adliya vazirligi Konstitutsiyaga ko‘ra, hech kim inson qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Har bir fuqaro o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan qonun bilan himoyalanganini eslatib o‘tdi.

Koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bo‘lgan shaxsni haqorat qilganlik, sha’ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik, uning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatganlik uchun 9 mln so‘mgacha ma’muriy jarima belgilangan.

Agar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng ushbu qilmish takroran sodir etilsa, aybdorga 22,3 mln so‘mgacha jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin.

Bundan tashqari, fuqaroning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda oshkor qilish og‘ir oqibatlarga olib kelsa, aybdor 44,6 mln so‘m jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Hurmatli vatandoshlar, bugun davosi bo‘lmagan kasallikni yengib o‘tib oilasiga qaytgan shaxsning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring.

Axir, bu virusdan hech kim himoyalanmagan-ku. Siz o‘sha odamning o‘rnida bo‘lsangiz va Sizni boshqalar tahqirlashsa, haqorat qilishsa yoki kamsitishsa, qanday holatga tushishingizni tasavvur qilib ko‘ring va xulosa qiling. Aks holda, bunday ishni qilganlar qonun oldida muqarrar javobgar bo‘ladi.

Albatta, virusni yuqtirganligini bila turib uni boshqalarga qasddan yuqtirgan, karantin tartibini buzib boshqalarni xavf ostiga qo‘ygan shaxslar ham qonunda belgilangan javobgarlikka tortilishi muqarrar.

Shunday ekan, fuqarolar aniq holatni bilmasdan turib, boshqalarni asossiz ayblashdan o‘zlarini tiyishi lozim, agar aniq ma’lumotlar bo‘lsa tegishli organlarga xabar qilishi vaziyatni birgalikda yengishga xizmat qiladi.

Bugungi qiyin kunlarda, barcha fuqarolarni har qachongidan ham birdamlikda harakat qilishga, bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga, ayniqsa og‘ir ahvolga tushganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Zero, mana shunday hamjihatlik bizni har qanday qiynchilikni yengib o‘tishimizga asosiy zamin bo‘ladi”, deyiladi vazirlik murojaatida.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: olinganlar, kamsitganlik, Jazo, Koronavirus, karantin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя