Главная » 2020 » Март » 31 » Koronavirusga chalinganlar 800 000 dan oshdi
17:58

Koronavirusga chalinganlar 800 000 dan oshdi


Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 800 000 dan oshib, 800 ming 50 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 37 878 nafari esa virus sabab vafot etdi. 170 325 nafari esa virusdan davolandi. Bu haqda Amerikaning Jon Xopkins universiteti statistikasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Kasallik qayd etilishi bo‘yicha boshlang‘ich o‘nlikni AQSH (164 610), Italiya (101 739), Ispaniya (94 417), Xitoy (82 272), Germaniya (67 051), Fransiya (45 171), Eron (44 605), Buyuk Britaniya (22 465), Shveysariya (15 922), Belgiya (12 775) band etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 178 taga yetdi.

Avvalroq, koronavirusga chalinganlar soni 600 000 dan oshgani haqida xabar bergan edik. Virusning yana 200 ming odamga yuqishi uchun bir haftadan kamroq vaqt kerak bo‘ldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя