Главная » 2020 » Март » 24 » Koronavirusga chalinganlar soni 400 000 ga yaqinlashdi. Virus tarqalishi tezlashyapti
10:48

Koronavirusga chalinganlar soni 400 000 ga yaqinlashdi. Virus tarqalishi tezlashyapti


Bugun, 24 mart holatiga dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirib olganlar soni 381 293 nafarga yetdi. Ularning 16 572 nafarida kasallik ayanchli yakunlandi. Suriya, Grenade, Mozambik va Laosda ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlar koronavirus sabab qiyin ahvolga tushib qolganini ma’lum qildi. Jamg‘arma 2021 yilda dunyo YAIM o‘sishi qayta tiklanishini taxmin qilyapti.

Italiyada koronavirus yuqtirganlar 63 927 nafarga yetdi. Ammo mamlakatda ketma-ket uchinchi kun qurbonlar soni qisqaryapti. 23 mart kuni 602 kishi, 22 martda 651 kishi, 21 martda 793 kishi halok bo‘lgan. Mamlakatda COVID-19 infeksiyasidan qurbon bo‘lganlar 6078 nafarga yetdi.

Qayd etish kerakki, koronavirusning tarqalishi ancha tezlashdi. Kasallik ilk bor qayd etilganidan 100 ming kishiga yuqgunicha oradan 67 kun o‘tgan, bu ko‘rsatkich 200 mingga yetishiga 11 kun ketgan, shundayn so‘ng, bemorlarning 300 ming nafar bo‘lishiga 4 kun yetarli bo‘lgan. Hozir esa bemorlar soni 400 mingga yaqinlashib qoldi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 49 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя