Главная » 2020 » Февраль » 21 » Koronavirusga qarshi dori vositasi qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
21:26

Koronavirusga qarshi dori vositasi qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi


Xitoyda yangi turdagi koronavirus uchun vaksinaning klinik sinovlari aprel oyining oxiridan boshlanadi. Bu haqda juma kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Xitoy Fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Syuy Nanpin ma’lum qildi.

O‘z navbatida, XXR Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi o‘rinbosari Szen Isinning ma’lum qilishicha, Xitoy tomonidan ishlab chiqarilgan ba’zi vaksinalar allaqachon hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning ta’kidlashicha, COVID-19 - bu mutlaqo yangi kasallik bo‘lib, vaksina jarayonida ko‘plab noaniq omillar paydo bo‘ladi.

20 fevral kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi test jarayonidan o‘tgan ikki turdagi dori vositasining xulosalari uch haftadan olinishi kutilmoqda.

21 fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlar soni 75 ming kishidan oshdi. 2200 nafardan ortiq kishi vafot etdi, 18,2 ming bemor davolanib chiqdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя