Главная » 2020 » Май » 7 » Koronavirusga qarshi ilk vaksina kashf etildi
18:05

Koronavirusga qarshi ilk vaksina kashf etildi


Italiyalik tadqiqotchilar sichqonlarda vaksinani sinab ko‘rishdi, shundan so‘ng kemiruvchining organizmi antitanalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu antitanalar inson hujayralarida koronavirus bilan kurashishga qodir. Bu “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Ushbu vaksinani ishlab chiqqan olimlar kuzda uni odamlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Olimlar bu vaksinani birinchi bo‘lib ixtiro qilgani va u halokatli virusni zararsizlantirganini namoyish etdi.

Nashrning xabar berishicha, Italiyadagi ushbu vaksinaga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda eng istiqbolli, deb qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda koronavirus ustida tadqiqot o‘tkazgan olimlardan biri bilan fojia yuz berdi. U o‘z uyida o‘lik holda topildi. Olimning tanasidan o‘q otar qurolning o‘qlari topilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan gumon qilingan qotil ham topilgan. U ham otib ketilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ilk vaksina, koronavirusga, qarshi, kashf etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя