Главная » 2021 » Март » 13 » Koronavirusga qarshi kurashishga $22 mlrd. yetmayapti — JSST
17:58

Koronavirusga qarshi kurashishga $22 mlrd. yetmayapti — JSST


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishga yana 22 milliard dollar kerakligini aytdi.

Gap mamlakatlarni vaksina bilan ta’minlashda yordam dasturi — «COVAX»ni ham moliyalashtiruvchi «ACT Accelerator» loyihasi haqida ketmoqda.

«Ayni paytda «ACT Accelerator»ga $11 mlrd. kelib tushdi, qolgan $22,1 milliardlik moliyalashtirish qiyin kechmoqda», — dedi Gebreyesus.

JSST rahbari bir narsadan hayron: pandemiyaga qarshi kurashishga 13 trillion dollardan ko‘p sarflagan mamlakatlar nega loyihaga pul ajratishni paysalga solishmoqda?

«Virusning yangi turlari paydo bo‘layotgani, vaksinalar soni yetarli emasligi, tashxislashning yangi usullarini o‘zlashtirish kechikayotgani, bu vositalarning tarqatilishini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yetishmasligi pandemiyani global nazoratga olish yo‘lida jiddiy muammo bo‘ladi», — ta’kidladi Gebreyesus.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, kurashishga, koronavirusga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя