Главная » 2020 » Август » 20 » Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumot berildi
22:12

Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta'sirlari haqida ma'lumot berildi


Kamdan-kam holatlarda ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ishtaha pasayishi, ba'zan esa regionar limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi.

Koronavirusga qarshi vaksinatsiyadan so‘ng titroq, harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i hamda ko‘ngil aynishi, ishtaha pasayishi va allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Bu haqda "Gam-KOVID-Vak" vaksinasi yo‘riqnomasida ma'lum qilingan.

Unda qayd etilishicha, ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar: uzoq davom etmaydigan titroq, tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, emlangan joyda og‘riq paydo bo‘lishi, giperemiya kabilardir.

Kamdan-kam holatlarda ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ishtaha pasayishi, ba'zan esa regionar limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Ayrim insonlarda esa allergik reaksiya rivojlanishi ehtimoli mavjud, deyiladi yo‘riqnomada.

Vaksina N.F.Gamaleya nomidagi tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Markazdan tashqari, vaksinani “Binnofarm” farmatsevtika zavodi ishlab chiqaradi.

Vaksinaga 20ta davlat qiziqish bildirgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirusga qarshi, haqida ma'lumot berildi, nojo‘ya ta'sirlari, vaksinaning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя