Главная » 2020 » Март » 14 » Koronavirusga uchragan yaponiyalik erkak atayin kasalini boshqalarga yuqtirib chiqdi…
08:51

Koronavirusga uchragan yaponiyalik erkak atayin kasalini boshqalarga yuqtirib chiqdi…


Yaponiyaning Aiti prefekturasiga qarashli Gamagori shahrida yashovchi ismi-sharifi ma'lum qilinmagan erkak oilaviy koronavirus yuqtirib, o'z uyida karantinga tushirilgandi. Lekin uyidagilarga kasalni boshqalarga ham yuqtirish niyati borligini aytib 4 mart kuni kechqurun ko'chaga chiqqan.

Birinchi bo'lib barga kirgan. U yerda 15 daqiqacha odamlar bilan gaplashib o'tirgan. U yerdan chiqib filippinliklar bariga kirib 40 daqiqa o'tirgan. Bu yerda qo'shiq ham aytgan va barda ishlovchi qiz bilan quchoqlashib xayrlashgan. Ketish pallasida koronavirusga uchraganini barala e'lon qilgan.

Oradan 4 kun o'tgach, bar xodimasining isitmasi ko'tarildi. Tekshiruvlar u koronavirus yuqtirganini tasdiqladi.

Hozirda erkak qo'lga olingan. Uni qanday jazo kutayotgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Eslatib o'tamiz, 13 mart yakuniga ko'ra, Yaponiya bo'yicha 1 ming 395 kishi koronavirus yuqtirgan.


Manba: "hordiq.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя