Главная » 2020 » Сентябрь » 19 » Koronavirusni ko‘proq kimlar yuqtirishi va asosiy yuqish yo‘li aniqlandi
09:57

Koronavirusni ko‘proq kimlar yuqtirishi va asosiy yuqish yo‘li aniqlandi


Pensilvaniya universiteti Montefiore tibbiyot markazi hamda AQShning boshqa sog‘liqni saqlash markazlari olimlari koronavirus yuzalar emas, asosan havo aerozollari orqali tarqalishini aniqlashdi. Shunday ekan, ijtimoiy masofa va yaxshi shamollatish COVID-19ni to‘xtatib qolishning eng samarali yo‘li hisoblanadi. Bu haqda «Annals of Internal Medicine» jurnali xabar berdi.

Tadqiqotchilar 2020-yil yanvardan sentyabrgacha jurnalda chop etilgan va SARS-CoV-2 yuqish omillariga bag‘ishlangan ilmiy ishlarni o‘rganib chiqishdi. Buni qarangki, garchi ayrim maqolalarda virus zarralari yuzalarda bir necha soat yashashi mumkinligi aytilgan bo‘lsa-da, haqiqatda virusli RNK atrof-muhitda juda kam uchraydi. Koronavirusga chalingan odamlar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va yaxshi shamollatmaslik virusni yuqtirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Shuningdek, virus ko‘pincha kasallikning erta bosqichidagi odamlardan yuqadi. SARS-CoV-2 virusli zarralar soni organizmda alomatlar paydo bo‘lishidan taxminan bir kun oldin avjiga chiqib, kasallik boshlanganidan keyin bir hafta ichida kamayadi. Koronavirusga chalinganlarning aksariyati virusni tarqatishda ishtirok etmaydi. Shunga qaramay, ba’zi bemorlar asosiy tashuvchi bo‘lib, birato‘la bir qancha odamlarga yuqtiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, Koronavirusni, yuqtirishi, Kimlar, yuqish yo‘li, asosiy, ko‘proq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя