Главная » 2020 » Апрель » 17 » Koronavirusni shamollashdan ajratib turadigan asosiy simptom aniqlandi
12:05

Koronavirusni shamollashdan ajratib turadigan asosiy simptom aniqlandi


Amerikalik olimlar koronavirusni shamollashdan ajratib turadigan asosiy simptomni aniqladilar. Ularning fikricha, hid bilish qobiliyatini yoqolishi shamollash bilan COVID-19 kasalligini farqlab turadi.

Ta’kidlanishicha, burun bitishi kuzatilmasdan hid bilish qobiliyatini yoqolishi shifokorlarga tashxis qo‘yishda asos bo‘lishi mumkin. Odamlarda ushbu alomat kuzatilganda iloji boricha o‘zini izolatsiya qilib, yaqinlari bilan muloqotga kirishmasligi kerakligi aytildi.
 

Olimlarning fikricha, ushbu alomat koronavirus kasalligining erta bosqichida yuzaga keladi. Keyin bu alomat asta yo‘qolib, odamda quruq yo‘tal, isitma va xolsizlik kuzatiladi.

Sinsinnati universitetining avtolaringologiya va jarrohlik professori Ahmad Sedagat ushbu kasallikni burun bitishi va boshqa shamollash alomatlariga aloqasi yo‘qligini aytib o‘tdi.

“COVID-19 ning burun bitishi yoki burundan suv ajralishi kabi alomatlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Odatda, shamollashdan farqli ravishda COVID-19, burun bitishisiz o‘tadi“, deydi professor Ahmad.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, burun bo‘shlig‘i bilan bog‘liq boshqa alomatlar bo‘lmasa, hid bilish qobiliyatining yo‘qolishi asosiy simptom hisoblanadi. Ushbu vaziyatda bemor o‘zini tezda izolyatsiya qilinishi va koronavirus testidan o‘tishi talab qilinadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aniqlandi, Koronavirusni, shamollashdan, simptom | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя