Главная » 2020 » Август » 16 » Koronavirusni yuqtirib olish mumkin bo‘lgan eng xavfli joylar ma’lum qilindi
22:25

Koronavirusni yuqtirib olish mumkin bo‘lgan eng xavfli joylar ma’lum qilindi


«The Telegraph» nashri so‘rovnomasida qatnashgan mutaxassislar yangi tipdagi koronavirusni yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan eng xavfli joylarni ma'lum qilishdi. Ularning fikricha, bu tungi klublar, bar va pablar hisoblanadi. Bu insonning o‘ziga xos xulq-atvori bilan bog‘liq.

Nottingem universitetining molekulyar biologiya bo‘yicha professori Jonatan Bollning ta’kidlashicha, odamlar ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga amal qilishning iloji bo‘lmagan joylarga borishadi. Bundan tashqari, alkogol ta’sirida bamaylixotir bo‘lishadi va qoidalarni unutishadi, deydi Lester Qirollik shifoxonasi virusologi Julian Tang. Insonlar muloqotda bo‘lishadi, raqs tushishadi, lekin bazmda niqob taqishmaydi, bunday vaziyatlarda ularning kimlar bilan aloqada bo‘lganini eslab aniqlash mushkul. Shuningdek, ekspertlar ko‘pincha ko‘ngilochar muassasalarning xonalari yopiq, derazalari kam bo‘lgani uchun havosi yaxshi aylanmasligiga e’tibor qaratishgan.

Biroq bar, pab va klublar — koronavirus tarqalishi mumkin bo‘lgan yagona joylar hisoblanmaydi. Negaki ommaviy tadbirlar ishxonada, restoranlarda, cherkovlarda o‘tkazilishi mumkin, deydi Edinburg universiteti global jamoat salomatligini saqlash kafedrasi professori Devi Shridrax. U o‘quv yili boshlanishi bilan muammo chuqurlashishidan ogohlantirgan. Bu yangi cheklovlarning joriy etilishiga olib kelishi mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: joylar, ma’lum qilindi, Koronavirusni, yuqtirib olish, eng xavfli, mumkin bo‘lgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя