Главная » 2021 » Август » 2 » Koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vosita ixtiro qilindi
22:18

Koronavirusning barcha shtammlariga qarshi vosita ixtiro qilindi


Estoniyalik olimlar koronavirus infeksiyasining barcha shtammlariga qarshi kurashuvchi yangi burun spreyi ixtiro qilishdi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, preparat "Bio Block" deb nomlangan. Uning barcha ma’lum bo‘lgan COVID-19 shtammlaridan himoya qilishi laboratoriya sinovlari bilan tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Tartu va Estoniya hayot fanlari universiteti olimlari konsorsiumi tomonidan tayyorlangan.

“Yangi Bio Block burun spreyining hali keng tarqalmagan shtammlarga qarshi kurashish qobiliyatini sinab ko‘ramiz va biz virus o‘zgarishini doimiy ravishda kuzatib boramiz”", dedi Icosagen ilmiy direktori Mart Charter.

Olimlarning ta’kidlashicha, sprey "britancha", "afrikancha", "brazilcha" deb nomlangan koronavirus shtammlariga, shuningdek, "delta" va Uxandagi asl shtammlarga qarshi  juda ham samarali natija ko‘rsatgan. Hozirda, Estoniya hukumati yangi spreyni mamlakat ichida sotilishga ruxsat bergan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vosita, koronavirusning, ixtiro qilindi, shtammlariga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя