Главная » 2020 » Февраль » 4 » Koronavirusning davosi topilganga o‘xshaydi!
23:04

Koronavirusning davosi topilganga o‘xshaydi!


Tailandlik shifokorlar yangi aniqlangan koronavirus bilan kurashishning yangicha usulini o‘ylab topishdi. Ular oddiy antivirus preparatlarni OITS terapiyasida qo‘llaniladigan dorilar bilan aralashtirishdi. Bu haqda Reyter xalqaro agentligi muxbiri xabar qilmoqda.

Davolashning yangi usuli

Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bunday kokteyl iste’molidan keyin, hatto, og‘ir bemorlarning ham ahvoli 48 soat ichida yaxshilangan.

Davolanishning ushbu yangicha usuli Bangkok shifoxonalaridan birida sinab ko‘rildi. Shundan keyin bir nechta bemorlar ahvoli o‘nglangan. Ayrim bemorlardan birida esa allergiya reaksiyalari paydo bo‘lgan bo‘lsa ham shifokorlarning aytishicha, ularning ahvoli sezilarli yaxshilangan.

Davolash formulasi OITSga qarshi terapiyada qo‘llaniladigan lopinavir va ritonavir dorilarining katta dozadagi virusga qarshi oseltamivir preparati bilan kombinatsiyalashuvchidan iborat. Koronavirusni davolashda bu usulni qo‘llash amaliyotda hali yangi emas. O‘tgan hafta Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ham lopinavirus va ritonavirusni qo‘llash taklifi berilgan edi.

Qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak

“Biz xalqaro qabul qilingan amaliyotlarga amal qildik. Bizning shifokorlar dorilardan birining dozasini oshirishdi”, deb izoh keltiradi Tailand Sog‘liqni saqlash xizmati departamentining direktori Somsak Akkslim.
 
Bangkok shifoxonasi pulmonologi Kriangska Antipornvanich esa ushbu vositani koronavirusga qarshi deb topish uchun yana kerakli tadqiqotlarni o‘tkazish kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

Yangi davo ahvoli og‘ir bemorlargagina qo‘llaniladi

Tailandning o‘zida koronavirusdan zararlangan 19 ta holat ro‘yxatga olingan. Bemorlardan sakkiz nafari butunlay sog‘ayib, shifoxonadan chiqib ketishgan. Qolgan 11 nafari esa shifokor nazoratida turibdi. “Hozircha topilgan yangi davo usulini hamma bemorlarga birdek qo‘llashga erta. Uni ahvoli og‘ir bemorlargagina qo‘llash mumkin”, deydi Akkslim.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя