Главная » 2020 » Март » 30 » Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi
20:52

Koronavirusning g‘ayrioddiy erta alomatlaridan biri aniqlandi


Barselonaning oftalmologiya markazi ICR xabariga ko‘ra, ba'zi holatlarda koronavirus erta bosqichlarda kon'yunktivit (ko‘zning kuchli qizarishi) keltirib chiqaradi.

Koronavirus havo-tomchi yo‘li orqali – infeksiya yuqtirib olgan odamning aksirishi yoki yo‘talishi natijasida yuzaga keladigan kichik tomchi zarralari orqali tarqaladi. Shuningdek, u virus yuqtirib olgan obekt bilan kontakt qilingandan so‘ng, og‘iz, burun yoki ko‘zni ushlaganda ham tarqalishi mumkin. 

ICR Tibbiy direktori Ignasi Yurgens ma'lumotiga ko'ra, ba'zi tadqiqotlar virusning kon'yuktivit keltirib chiqarishini ham ko‘rsatmoqda. 

Shu tufayli, kon'yuktivit bo‘yicha oftalmologga murojaat qilgan, respirator kasalligi alomatlariga ega bo‘lgan, shuningdek, xorijda, ayniqsa, infeksiya tarqalgan hududlarda bo‘lgan odamlarning koronavirus yuqtirib olganini gumon qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha, nafas olishning qiyinlashishi, haroratning ko‘tarilishi, yo‘tal, ta'm va hid sezgilarining yo‘qolishi - COVID-19 xastaligini keltirib chiqaruvchi koronavirusni yuqtirib olganlikning alomatlari sifatida ta'kidlangan edi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя