Главная » 2021 » Февраль » 11 » Koronavirusning hech kim kutmagan alomati
23:34

Koronavirusning hech kim kutmagan alomati


Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlikka isitma va yo‘tal emas, balki hiqichoq xurujlari ishora qilishi mumkin. Ushbu alomat juda kam uchraydi, lekin baribir bor, deya xabar berdi «Vechernyaya Moskva».

Sechenov universiteti nerv kasalliklari va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Vladimir Parfenovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan bir yil davomida tibbiy adabiyotlarda bor-yo‘g‘i yettita ana shunday holat qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassislarga hiqichoq kelib chiqishining 100 ga yaqin sabablari ma’lum. U ko‘pincha oshqozon-ichak yoki nerv tizimi kasalliklari oqibatida, insult, jarohatlar, bosh miya o‘smasidan so‘ng boshlanadi, deya xabar beradi AGN «Moskva». Ba’zida xurujlar shu darajada kuchli bo‘ladiki, odamlar shifokorga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kutmagan, koronavirusning, alomati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя