Главная » 2020 » Октябрь » 3 » Koronavirusning nozik joyi topildi
09:20

Koronavirusning nozik joyi topildi


Rochester universiteti (AQSh) olimlari oddiy mavsumiy shamollash koronavirusning nozik joyi bo‘lishi mumkin, degan dalilni ilgari surishmoqda.

Koronavirusdan tuzalgan 26 nafar bemorning qon namunalarini tahlil qilgan olimlar ularning aksariyatida V-hujayralar (shamollash oqibatida paydo bo‘ladi) to‘plami mavjudligini aniqlashdi, ushbu hujayralar SARS-CoV-2ni aniqlab, yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu namunalar sog‘lom odamlarning qon tahlillari va patogenlarni topib, eslab qoluvchi hamda ularga qarshi antitanalar ishlab chiqaruvchi V-hujayralar to‘plami bilan solishtirilgandan keyin ma’lum bo‘lishicha, bu hujayralar aksariyat koronaviruslar — tojsimon oqsillarning asosiy komponentlarini taniy olarkan. Ya’ni V-hujayralar «eski» namunalar asosida deyarli barcha beta-koronaviruslarni taniy olishi va ulardagi patogenlarni antitanalar ishlab chiqarib bostira olishi mumkin.

Rochesterlik olimlarga ko‘ra, odatiy mavsumiy shamollashni boshdan o‘tkazgan odamlarda, buning natijasida ularning organizmi V-hujayralarni ishlab chiqargan taqdirda, koronavirusga qarshi tabiiy himoya paydo bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: topildi, koronavirusning, nozik joyi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя