Главная » 2020 » Март » 6 » Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri qanday bo‘ladi? Markaziy bank izoh berdi
08:46

Koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri qanday bo‘ladi? Markaziy bank izoh berdi


Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta'sir ko‘rsatishi mumkin

Markaziy bank ma'lumotiga ko‘ra, bunda ta'sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi. 

Iste'mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma'lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin. 

Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta'sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi. 

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma'lum darajada bosim yaratadi.

Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash ma'lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta'sir ko‘rsatadi.

Ta'kidlanishicha, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta'minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Bundan oldin, Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgani xabar berilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя