Главная » 2020 » Апрель » 25 » Koronavirusning organizmga kirish yo‘li topildi
09:59

Koronavirusning organizmga kirish yo‘li topildi


Xalqaro olimlar guruhi burunda ACE2 va TMPRSS2 oqsillari nisbatan ko‘proq to‘plangan va koronavirusning inson organizmiga kirishida asosiy yo‘l bo‘layotgan ikkita hujayra turini aniqladi. Tadqiqot natijasi “Nature Medicine” jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqot inson tanasidagi barcha hujayralarni o‘rganish ustida ish olib boruvchi Human Cell Atlas Lung Biological Network xalqaro konsorsiumi doirasida olib borildi.

SARS-CoV-2 ham 2003 yildagi atipik pnevmoniya epidemiyasini keltirib chiqargan koronavirus kabi organizmga kirishi ma’lum. Ammo burundagi qaysi hujayralar virusning organizmga o‘tishida ishtirok etishi noaniq edi, deya ta’kidladi Britaniyaning Wellcome Sanger instituti.

Olimlari ACE2 va TMPRSS2 oqsillari inson tanasining qaysi qismida ko‘proq to‘planganini aniqlash uchun sog‘lom odamning o‘pka, burun, ko‘z, oshqozon, yurak va jigar to‘qimalarida tahlillar o‘tkazgan.

“Biz SARS-CoV-2 ning organizmga kirishini faollashtiruvchi ACE2 va TMPRSS2 oqsillari turli a’zolarda, jumladan burunning ichki qismida mavjudligini o‘rgandik. Keyin biz nafas yo‘llarining barcha hujayralarida shilliq hosil bo‘lishida ishtirok etadigan goblet hujayralarida va burundagi siliyer hujayralarda har ikkala oqsilning konsentratsiyasi eng yuqori ekanligini aniqladik. Bu ularni infeksiya tarqalishining boshlanish nuqtasiga aylantiradi”, deydi tadqiqotdagi yetakchi olim Varadon Sungnak.

Tadqiqot mualliflari ACE2 va TMPRSS2 oqsillarini ko‘zning shox pardasida va qizilo‘ngach, shilimshiq va yo‘g‘on ichak shilliq qavatida ham aniqlagan. Bu o‘z navbatida virus boshqa bir yo‘l – ko‘zlar va ko‘z yoshlari orqali yuqishi mumkinligini ko‘rsatadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yo‘li topildi, kirish, koronavirusning, organizmga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя