Главная » 2020 » Апрель » 8 » Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi
10:33

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi


Pandemiya keltirib chiqargan koronavirus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

Tadqiqot guruhining rahbari Markus Byuler bu haqda shunday deydi:

«Siz tinglayotganingiz – ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, unda oqsilning tebranishlari spektrini ham, ritmik elementlarini ham, aminokislotalarning to‘qilgan tarona ko‘rinishida birikishlarini ham aks ettiradi».

Koronavirusning ovozini mana bu havola orqali tinglab ko‘rish mumkin – u chindan ham klassik musiqaga o‘xshaydi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar uyda qolganingiz ma’qul. Bunda sizga qulay bo‘lishi uchun internet va telefon ikki oygacha o‘chmaydigan qilindi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilyapti. «O‘zbektelekom» oltita saytga kirishni bepul qildi, mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя