Главная » 2020 » Апрель » 20 » Koronavirusning «oyoq olishi» g‘alati — epidemiya uch oyda tugashi kerak edi...
21:31

Koronavirusning «oyoq olishi» g‘alati — epidemiya uch oyda tugashi kerak edi...


Yangi koronavirus klassik epidemiologiya qonunlaridan tashqariga chiqib ketdi, uning «oyoq olishi» qandaydir g‘alati. RBK yozishicha, Federal tibbiy-biologik agentlik (Rossiya) bosh infeksionisti Vladimir Nikiforov shunday fikr bildirgan.

Nikiforovning aytishicha, bemorlarning o‘pkasi holati va o‘zini his qilishi o‘rtasidagi nomutanosiblik tushunarsiz. Ya’niki, kompyuter tomografiyasiga binoan kamida jonlantirish bo‘limi (reanimatsiya)da yotishi kerak bo‘lgan bemorlar hech narsa ko‘rmagandek, o‘zlarini yaxshi his etib yurishadi.

Bu vaqtincha. Keyin dahshatlisi boshlanadi, qo‘shimcha qiladi u.

Ilgarigi pnevmoniyalar rentgenda ko‘rinardi, hozirgisini (koronaviruslisini) kompyuter tomografiyasisiz ko‘rishning aslo ilojisi yo‘q, deydi Nikiforov.

Hammasidan ham g‘alati jihati, ta’kidlaydi infeksionist, koronavirus epidemiyasi «klassik sxema» bo‘yicha uch oyda tugashi kerak edi. Uning esa to‘xtaydigan shashti yo‘q. Dunyo qandaydir «yangi narsa»ga yo‘liqqanga o‘xshaydi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: oyoq olishi, koronavirusning, Epidemiya, g‘alati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя